20/12/2023

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona
va tashkilotlar soni 22 301 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 779 tani tashkil qildi (ulushi 21,4 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

⚡️ Xatirchi tumani – 927 ta

⚡️ Zarafshon shahri – 661 ta

⚡️ Navoiy shahri – 677 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔹 savdo sohasida – 2 245 ta

🔹 sanoat sohasida – 804 ta

🔹 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 366 ta

🔹 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 348 ta

🔹 qurilish sohasida – 242 ta

🔹 boshqalar – 526 ta

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech