2023-yilning 19-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Zohidjon Ziyayev talabalarga agentlikning axborot tizimlari va elektron axborot resurslari hamda statistik raqamlarni shakllantirish bosqichlari va jarayonlari borasida batafsil maʼlumot berdi.
Ochiq muloqotda doimiy aholi soni, oʻrtacha ish haqi, tashqi savdo, xalqaro tashkilotlar bilan statistika idoralarining hamkorligi, ilmiy ishda kerak boʻladigan statistik tahlillar, ochiqlik va shaffoflik borasida talabalar tomonidan berilgan savollarga Statistika agentligi mutaxassislari atroflicha javob berishdi.
Tadbir yakunida, faol qatnashgan talabalarga agentlik faoliyatiga oid statistik to‘plamlar sovg’a qilindi.
Statistika agentligi va universitet oʻrtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va shu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldi.