Viloyat statistika boshqarmasi maʻlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga viloyatimizda jami 1 422 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatib kelayotgan boʻlib, ular 2018-yilning mos davriga (1 033 ta) nisbatan 389 taga koʻpaygan. Bundan tashqari 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 143 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
🔸Navoiy shahri – 418 ta
🔸Zarafshon shahri – 120 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 14 ta
🔸Konimex tumani – 35 ta
🔸Qiziltepa tumani – 214 ta
🔸Navbahor tumani – 136 ta
🔸Karmana tumani – 233 ta
🔸Nurota tumani – 99 ta
🔸Tomdi tumani – 35 ta
🔸Uchquduq tumani – 34 ta
🔸Xatirchi tumani – 84 ta