Joriy yilning 18-dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-879-sonli qonunning mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda, Statistika boshqarmasi bosh yuristkonsulti A. Murodov so’z yuritib, mamlakatimizda aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash, farmatsevtika tarmogʻiga ilgʻor ilmiy-texnika yutuqlarini va innovatsiyalarni joriy etish, tarmoqda ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganli to’g’risida ma’lumotlarni aytib o’tdi.
Ushbu Qonun qon preparatlariga bo‘lgan ehtiyojni mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qoplashga, dori vositalarining yangi turlari ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi.