Joriy yilning 15-dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari J. Umarov Narx statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi M. Shermatov bilan birgalikda “Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha shaharda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi. Kuzatuv davomida savdo obyektlaridan olingan ma’lumotlar narx registratori tomonidan planshet qurilmasiga kiritildi.