Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida jami 3 660 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
🛒 savdo sohasida – 1 334 ta
🏭 sanoat sohasida – 646 ta
🚜 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 512 ta
🏨 yashash va ovqatlanish xizmatlar sohasida – 286 ta
🏗 qurilish sohasida – 143 ta
🚖 tashish va saqlash sohasida – 137 ta
📡 axborot va aloqa sohasida – 78 ta
🩺 sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 45 ta
▫️ boshqa sohalarda – 479 ta