07/12/2023

9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni hamda 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tizim xodimlari ehtirom ko'rsatdi. Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.

Muloqot mobaynida, viloyat Statistika boshqarmasi boshlig’i A. Tashnazarov  so‘z yuritib, barchamizga maʼlumki, korrupsiya - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga boʻlgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir. Bugungi kunda korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi Respublikamizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hukumatimiz tomonidan xalqaro-huquqiy hujjatlar va milliy qonunchilik asosida, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy-huquqiy mexanizm asoslari yaratilmoqda.

Xulosa oʻrnida taʼkidlab oʻtish joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan har bir meʼyoriy xujjat ertangi Oʻzbekistonning hayotida korrupsiya degan illatning tamoman yoʻqolishiga qoʻyilayotgan katta qadamlardir.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech