Joriy yilning 6-dekabr kuni viloyat Statistika boshqarmasi yosh xodimlari uchun Navoiy viloyatidagi “GIDRO-STANKO-SERVIS” va “BAHT-TEXTILE” MCHJlarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida majmualarda ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida xodimlar majmualarning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar oldi.