2023-yilning 4-dekabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmini statistik baholash boʻyicha oʻquv amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklarining maʼsul xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur seminarni tashkil qilishdan koʻzlangan maqsad, Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalarni statistika hisobotlarida toʻgʻri aks ettirishdir.
Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Investitsiyalar va qurilish boshqarmasi boshligʻi Muzaffar Jomolov soʻzga chiqib, mamlakatimizda oʻzlashtirilayotgan investitsiya hajmlarini 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida statistika hisobotlarini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida tushuntirish berdi.