Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi mening faxrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Murodov so‘z yuritib, konstitutsiyaning mamlakat hayotidagi ahamiyatiga to‘xtalar ekanmiz, avvalo, qomusimiz mohiyatini anglab yetish zarur. Har bir mamlakat huquq tizimida muhim ahamiyatga ega mazkur asosiy qonun oliy yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Muayyan davlatdagi xech bir qonun hujjati me’yori Qomusda qayd etilgan normaga zid kelishi mumkin emas.
Konstitutsiyada davlat tuzilishi, shuningdek qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi organlar va sud hokimiyati vakolati, saylov tizimi, fuqaroning huquqi, burchi va majburiyati, jamiyat va shaxs, davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatga doir eng muhim jihatlar qat’iy belgilab qo‘yiladi.
Yangi tahrirga asosan, O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi moddalar soni avvalgi 128 tadan 155 taga, normalar esa 275 tadan 434 taga oshirildi. 128 moddaning 91 tasiga konseptual o‘zgarish kiritildi. Umuman, konstitutsiya 65 foiz o‘zgartirilganligi to’g’risida ma’lumotlar berildi.