Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-72-son farmoyishiga asosan viloyatdagi davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasida 2023-yil 5-dekabr kuni Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori yuzasidan “Breyn-ring” intellektual turnirini tashkil etildi. Ushbu intellektual turnirda viloyat Statistika boshqarmasidan 6 nafar xodim ishtirok etib, oʻz bilimlarini, aqliy salohiyatlarini namoyon qilishdi.