2023-yilning 27–29-noyabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va daromadlar tengsizligini baholash bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Ushbu tadbir BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etildi.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Braziliya, Gruziya, Kanada, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Moldova, Meksika, Polsha, AQSH, O‘zbekiston, Fransiya, Shveytsariya, Ukraina va boshqa bir qator davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari qatnashdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminov ham ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida kambag‘allik va tengsizlikni oʻlchash hamda kambag‘allik statistikasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu yig‘ilishda xalqaro tashkilotlar tomonidan tadbir doirasida qator taklif va tavsiyalar berildi.