Joriy yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari hamda Qozog'iston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi huzuridagi Milliy statistika byurosi vakillari o‘rtasida mehnat statistikasi bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda mehnat statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va hisobga olish amaliyoti, xususan, mehnat statistikasi kuzatuvlarini metodologiyasi, ma’lumotlar manbalari hamda kuzatuvni tashkil etish jarayonlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro tajriba almashish va kelgusida ham hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.