2023-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari gender statistikasini baholash bo‘yicha tashkil etilgan vebinarda ishtirok etdi.
Ushbu tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va Ayollar huquqlarini kengaytirish boʻyicha tashkilot (BMT–Ayollar) tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Tadbirda Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
Vebinar davomida mavjud statistik ma’lumotlarning gender kontekstida tahlili o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida gender statistikasini baholash usullari haqida ham ma’lumotlar berildi va bu boradagi kelgusi rejalar muhokama qilindi.