Joriy yilning 1-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Konstitutsiya haftaligi” doirasida yangilangan konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-72-son farmoyishi ijrosini haqida batafsil tushunchalar berildi.
Statistika agentligining Yuridik boʻlimi yetakchi yuriskonsulti Orifjon Soliyev “Konstitutsiya haftaligi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, yangilangan konstitutsiya mazmun-mohiyati haqida ham soʻz yuritildi.
Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.