04/12/2023

2023-yil 30-noyabr kuni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda agentlik xodimlari, universitet o‘qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

1-7j1a1692

Ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasining demografik koʻrsatkichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

2-7j1a1712

Agentlikning Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich mavzu bo‘yicha taqdimot qildi.

3-7j1a1696

Taqdimotda 2023-yil 1-oktabr holatiga yurtimizda doimiy aholi soni 36 599,8 ming kishi boʻgani, shundan erkaklar soni 18 422,9 ming kishini, ayollar soni 18 176,9 ming kishini, shahar aholisi soni 18 667,2 ming kishini, qishloq aholisi soni 17 932,6 ming kishini tashkil etgani xususida maʻlumotlar berildi.

4-7j1a1810

5-7j1a1758

Ochiq muloqotda taʻkidlanganidek, 2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi aholisining tugʻilishda kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 74,3 yosh bo‘lgan. Ushbu koʻrsatkich erkaklar uchun 72,1 yosh, ayollar uchun esa 76,6 yoshni tashkil etgan.

6-7j1a1850

7-7j1a1707

Tadbirda demografiya statistikasiga oid maʼlumotlar stat.uz, gender.stat.uz, siat.stat.uz, aholi.stat.uz, nsdg.stat.uz, data.egov.uz kabi internet manbalarida eʻlon qilib kelinayotgani qayd etildi.

8-7j1a1837

Ochiq muloqotda Statistika agentligi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

9-7j1a1673

10-7j1a1883

Tugmani bosing Tinglash GSpeech