Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-noyabr holatiga Navoiy viloyatida chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 196 tani tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 13 taga ko‘paygan. Ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:
🔸Navoiy shahri – 53 ta
🔸Zarafshon shahri – 13 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 5 ta
🔸Karmana tumani – 59 ta
🔸Konimex tumani – 9 ta
🔸Qiziltepa tumani – 13 ta
🔸Navbahor tumani – 8 ta
🔸Nurota tumani – 12 ta
🔸Tomdi tumani – 8 ta
🔸Uchquduq tumani – 5 ta
🔸Xatirchi tumani – 11 ta