Joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023-yilning 14–16-noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Tejon shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Koreya statistika idorasi tomonidan tashkil etilgan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi” bo‘yicha 9-seminar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Mazkur taqdimotda Demografiya, mehnat va gender statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sardor Meliboyev xizmat safari davomida olgan bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimotchi ishtirokchilarga xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo’yicha ekspertlar tomonidan berilgan tavsiyalar hozirgi holat va kamchiliklar, ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha yangilangan hisob-kitoblar, milliy hisob ma’lumotlariga bo‘lgan talab va usullar kabi masalalar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdi.
Taqdimot davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.