24/11/2023

Navoiy viloyati hokimligining Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengash aʼzolarining  “2023-yil 9-noyabrdan 9-dekabr kuniga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida  korrupsiyaga qarshi murosasizlik  hissini shakillantirish boʻyicha oʻtkaziladigan chora-tadbir rejasi ishlab chiqilgan.

Joriy yilning 10-24-noyabr kunlarida viloyat Statistika boshqarmasi va tuman (shahar) boʻlim xodimlari tomonidan “Korrupsiya-kelajak kushandasi boʻlibgina qolmay umr zavoli hamdir ” mavzusida rasmlar hamda videorolik namoyishi tanlovi oʻtkazildi.

Oʻz navbatida, mazkur tanlovda  tizim xodimlari faol ishtirok etib, oʻzlarining korrupsiyaga qarshi kurashish maʼnolarini anglatuvchi rasmlar va videoroliklarni komissiya aʻzolariga taqdim etdi.

Tanlov soʻngida eng ijodiy yondashilgan rasmlar va videoroliklar komissiya aʼzolari tomonidan tanlab olinib, gʻoliblar faxriy oʻrinlarga ajratildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech