24/11/2023

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-noyabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 272 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 802 tani tashkil qildi (ulushi 21,6 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Xatirchi tumani – 935 ta

🔸Zarafshon shahri – 676 ta

🔸Navoiy shahri – 679 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔹savdo sohasida – 2 266 ta

🔹sanoat sohasida – 802 ta

🔹yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 369 ta

🔹qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 344 ta

🔹qurilish sohasida – 244 ta

🔹boshqalar – 777 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech