24/11/2023

Joriy yilning 15-17-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahrida “Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)ni rasmiy statistikada qo‘llash” bo‘yicha to‘rtinchi xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminar Xanchjoudagi rasmiy statistika uchun katta hajmdagi ma’lumotlar va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha global markaz hamda BMTning Statistika bo‘limi (UNSD) tomonidan tashkil etildi.

1700226588563

Ushbu seminarda BMTning Statistika bo‘limi, Xitoy milliy statistika byurosi, Meksika, Braziliya, Uganda, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning milliy statistika sohasidagi ekspertlari ishtirok etishdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i Odilov Shohruh G‘ayratjonovich ham ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi statistika tizimida katta hajmdagi ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlashda sun’iy yo‘ldosh va geoaxborot tizimlari ma’lumotlari bilan ishlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi statistikasini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash hamda statistik ma’lumotlardan keng foydalanish usullari bo‘yicha o‘z tajribalari bilan almashishdan iborat bo‘ldi.

121212

Tadbir davomida ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi ma’lumotlarini shakllantirish jarayonlarida sun’iy yo‘ldosh va geoaxborot tizimlari ma’lumotlaridan foydalanish afzalliklari va kamchiliklari masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ma’lumotlarini shakllantirish Google Earth Map platformasidan foydalanish hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash usullari ko‘rib chiqildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech