23/11/2023

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a0226

Shundan kelib chiqib, joriy yil 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida yetakchi mutaxassislar uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2

Seminarda agentlik tomonidan Generic Activity Model for Statistical Organisations (GAMSO) – Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3-7b5a0231

Jumladan, “Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modeli” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

4

Tugmani bosing Tinglash GSpeech