Joriy yilning 23-noyabr kuni Navoiy shahar statistika boʻlimi boshligʻi H. Qarshiboyev va Navoiy shahar statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi Gʻ. Oydinovlar tomonidan hududda xizmatlar koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini-o'zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati o’rganildi.
Kuzatuv davomida xizmatlar koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan dislokatsiya nuqtalariga borib, sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.