22/11/2023

2023-yilning 14–16- noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Tedjon shahridagi  Statistika kadrlar tayyorlash institutida Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Koreya statistika idorasi tomonidan Osiyo va Tinch okeani mintaqasida Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo‘yicha 9-seminar tashkil etildi.

1-2023-11-14-ilo-41gne2-2023-11-14-ilo-24

Ushbu seminarda O‘zbekiston, Armaniston, Bangladesh, Gruziya, Hindiston, Janubiy Koreya, Mongoliya, Nepal, Ozarbayjon, Samoa, Turkiya, Tojikiston, Fidji, Shri-Lanka milliy statistika idoralari mutaxassislar, Xalqaro mehnat tashkilotini ekspertlari hamda Koreya statistika idorasi rahbariyati ishtirok etishdi.

34-2023-11-14-ilo-88

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya, mehnat va gender statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sardor Meliboyev ham qatnashdi.

5-2023-11-14-ilo-198

Tadbirda ishtirokchilarga xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.

6

Shunigdek, mehnat statistikasi bo‘yicha 21-xalqaro konferensiyaning muhim voqealari, 2022–2023-yillardagi Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi uchun ma’lumotlarni yig‘ish davrlarining umumiy ko‘rinishlari kabi masalalarda ham fikr-mulohazalar almashildi.

7

Qatnashchilar tashkil etilgan turli seminarlar davomida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgandilar.

8

Tugmani bosing Tinglash GSpeech