Joriy yilning 21-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi o’rinbosari J. Umarov va Konimex tumani statistika boʻlimi bosh mutaxassisi A. Kurbanbayeva tomonidan hududda bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini-o'zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati o’rganildi.
Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan dislokatsiya nuqtalariga borib, sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.