2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyatida jami 5,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 18,6 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 50,9 %ni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 30,5 %ni tashkil etdi.