Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyatida jami 3 377 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
🛒savdo sohasida – 1 214 ta
🏭sanoat sohasida – 603 ta
🚜qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 476 ta
🏨yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 263 ta
🚖tashish va saqlash sohasida – 130 ta
🏗qurilish sohasida – 130 ta
📡axborot va aloqa sohasida – 67 ta
🩺sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 45 ta
▫️boshqa sohalarda – 449 ta