20/11/2023

Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning 1-noyabr holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 360 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida bu sohada 45 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:

🔸Navoiy shahrida – 14 ta

🔸Zarafshon shahrida – 8 ta

🔸Xatirchi tumanida -7 ta

🔸Qiziltepa tumanida – 5 ta

🔸Karmana tumanida – 4 ta

🔸Navbahor tumanida – 3 ta

🔸Nurota tumanida – 2 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech