17/11/2023

Joriy yilning 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida direktor oʻrinbosari hamda onlayn eʼlonlarni joylashtirish boʻyicha eng ommabop elektron maydonlardan biri boʻlgan “OLX CLASSIFIEDS” MCHJ (Olx – savdo belgisi) rahbari tomonidan oʻzaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

1-7j1a0892

Taʼkidlash joizki, imzolangan Memorandum doirasida tomonlar oʻrtasida oʻzaro axborot almashuvini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.

2-7j1a0911

Shuningdek, uchrashuvda axborot almashuv boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish, raqamli texnologiyalar integratsiyasi borasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech