2023- yil 16-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda agentlik xodimlari, universitet oqituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Ochiq muloqotda yurtimizda qishloq xo`jaligi va ekologiya sohasidagi statistik raqamlar haqida ma’lumotlar berildi.
Agentlikning Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarma boshlig‘i o'rinbosari Daliyev Shuxrat Rustamovich mavzu bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 292 729,2 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 285 088,8 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 5 662,2 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 1 978,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, 2023- yilning yanvar-sentabr oyida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 6 972,1 ming t. donli ekinlar, 2 678,7 ming t. kartoshka, 8 136,2 ming t. sabzavotlar, 1 606,6 ming t. poliz, 2 280,2 ming t. meva va rezavorlar, 1 270,0 ming t. uzum, 2 265,2 ming t. paxta xomashyosi yetishtirilgani haqida ma’lumotlar berildi.
Ochiq muloqotda Statistika agentligi mutaxassislari davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.