Joriy yilning 16-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari J. Umarov Xatirchi tumani statistika boʻlimi xodimi S. Shodmonov bilan birgalikda “Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Kuzatuv davomida savdo obyektlaridan olingan ma’lumotlar narx registratori tomonidan planshet qurilmasiga kiritildi.