Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2023-yilning 1-noyabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 22 272 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 136,5 foizni tashkil etdi va shu bilan birga 89,5 foizini (19 934 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
✅ Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
🔸Navoiy shahri – 4 943 ta
🔸Zarafshon shahri – 1 532 ta
🔸G‘ozg‘on shahri – 426 ta
🔸Karmana tumani – 3 281 ta
🔸Konimex tumani – 1 018 ta
🔸Qiziltepa tumani – 2 970 ta
🔸Navbahor tumani – 2 319 ta
🔸Nurota tumani – 1 547 ta
🔸Tomdi tumani – 680 ta
🔸Uchquduq tumani – 931 ta
🔸Xatirchi tumani – 2 625 ta