15/11/2023

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuristkonsulti tomonidan Zafarshon shahar statistika bo‘lim xodimlari, korxona va tashkilotlar hisobchilari ishtirokida “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini koʻchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 23-oktabrdagi  871-sonli qonunni keng targ’ib qilish yuzasidan huquqiy tag’ibot tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati to’g’risida Akmal Murodov maʼruza qildi.

Ushbu Qonun qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 25-iyul  kuni qabul qilinib  2023-yil 29-sentabr kunida Senat tomonidan maqullangan.

Mamlakatimizda yer munosabatlari sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini ishonchli tarzda himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech