14/11/2023

Joriy yilning 14-noyabr kuni poytaxtimizdagi Frankfort mehmonxonasida Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot (MXT)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot va insonlar mobilligi ma’lumotlari bilan ishlash vositalar to‘plami dasturi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

1-7j1a97802-7j1a9785

Ushbu davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda yurtimiz va xorijiy davlatlarning migratsiya sohasida faoliyat yuritayotgan ekspertlari ishtirok etishdi.

3-7j1a99064-7j1a9894

Ikki kun davom etadigan mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – migratsiyaga oid statistik maʻlumotlarni jamlash va tahlil qilish boʻyicha mavjud xalqaro tajribalar, shu jumladan, MXT tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyalar bilan tanishishdan iborat.

56

Tadbir davomida Statistika agentligi Demogarfiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshligʻi Zoyir Yuldoshev “O‘zbekiston Respublikasida migratsiyaga oid statistik ma’lumotlar” mavzusida taqdimot qildi.

78

Shuningdek, MXTning Global maʻlumotlar instituti katta mintaqaviy loyiha menejeri Vivian Van Der Vorst hamda MXTning O‘zbekistondagi Loyiha koordinatori Jasur Saidov migratsiyaga oid statistik maʻlumotlar bilan ishlash, mavjud amaliyot va istiqboldagi rejalar haqida soʻz yuritdi.

9-7j1a98209

Ishtirokchilar Markaziy Osiyo davlatlarida bu borada mavjud amaliyot va yondashuvlar, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, migratsiyaga oid statistik maʻlumotlarni jamlash va tahlil qilish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr-mulohaza almashishdi.

1

Tugmani bosing Tinglash GSpeech