14/11/2023

Joriy yilning 13–17- noyabr kunlari Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasi statistika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

1-7j1a0042

Tashrifning birinchi kuni Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga tashrif buyurdi.

2

Uchrashuv davomida mehmonlar Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyaev Zohidjon Muratovich boshchiligidagi agentlik markaziy apparati vakillari bilan uchrashdilar.

3-75476862452

Uchrashuvda ishtirokchilari ikki davlat statistika idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalasida o‘zaro fikr-mulohaza  almashdilar.

4

Ishtirokchilar inson resurslarini rivojlantirish, sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, ma’muriy ma’lumotlar bilan ishlash, ma’lumotlarni yig‘ish tizimlari, axborot tizimlari va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar.

6-7j1a9998

Eslatib o‘tamiz, bu Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasining yutimizga joriy yildagi ikkinchi tashrifi. Avvalroq, 15–19- may kunlari Koreya statistikasi delegatsiyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lgan edi. Tashrif chog‘ida Koreya statistika boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari o‘rtasida yangilangan memorandum imzolangan edi.

7

Tugmani bosing Tinglash GSpeech