2023-yil 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari va Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi xodimlari o‘rtasida statistik registrlarni yuritish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Muratovich Ziyayev boshchiligidagi agentlik vakillari Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosining statistik registrlarni yuritish amaliyoti bilan tanishdi.
Oʻz navbatida, Statistika agentligi vakillari Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika byurosidagi hamkasblariga statistik registrlarni yuritish tizimi boʻyicha yurtimiz amaliyotini namoyish etdilar.
Ushbu uchrashuvda statistik registrlarni yuritish tizimi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha har ikki tomon vakillarini qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar statistik registrlarni yuritish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.