Joriy yilning 14-noyabr kuni Statistika agentligi Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar kiritish bo`yicha tizimli statistik kuzatuvlar bo`lim boshlig'i Bahodir Jabbarov, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Jaxongir Umarovlar Nurota va Konimex tumanlariga borib, tuman statistika boʻlimi mas’ul xodimlar tomonidan o’tkazilayotgan, hozirda hududlardagi foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar to‘g‘risidagi 4- TJ so‘rovnomada ishtirok etdi.
Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xo'jalik qurilishlari tanlama statistika kuzatuvlarining asosiy maqsadi, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish maydonining 1 kvadrat mеtri uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma'lumotlar olinadi.