Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 13 700,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
✅ Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,7 % ga oshgan.
✅ 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi:
— Don mahsulotlari – 229,9 ming tonna
— Kartoshka – 76,1 ming tonna
— Sabzavotlar – 216,8 ming tonna
— Poliz ekinlari – 63,1 ming tonna
— Meva va rezavorlar – 86,5 ming tonna
— Uzum – 69,0 ming tonna.