13/11/2023

2023-yilning 10-noyabr kuni Statistika agentligida xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlari va korrupsiyaning oldini olish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

1-7b5a9827

Unda Statisitika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshligʻi Botir Melikmurodov va Yuridik boʻlim bosh yuriskonsulti Dilshod Ibrohimov mavzu yuzasidan agentlik xodimlariga batafsil ma’lumot berishdi.

2

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini va bu borada xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalasida ham fikr-mulohaza almashildi.

3-7b5a9842

Shuningdek, davlat xizmatchilari oʻrtasida oʻtkazilgan jamiyatda korrupsiyaga bo‘lgan munosabat bo‘yicha oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

4

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi fuqarolarning huquqlarini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi.

5

Tugmani bosing Tinglash GSpeech