2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy viloyatida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2 901,6 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 105,1 %, uning jami sanoatdagi ulushi 4,0 % ga to‘g‘ri keldi.
Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari 53,3 %, nooziq-ovqat mahsulotlar 46,7 % ni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida isteʼmol tovarlarining umumiy hajmida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 40,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlar ulushi 59,2 % ni tashkil etdi.