09/11/2023

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-7b5a9720

Shundan kelib chiqib, joriy yil 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi etakchi mutaxassislari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3

Jumladan, Statistika sohasida ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlari, tasniflar, metodologiyalar, kuzatuv shakllarini va metama’lumotlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha namunaviy tartib ва uslubiy qo‘llanma asosida ish yuritish masalalari yoritib berildi.

4-7b5a97245-7b5a9731

Tugmani bosing Tinglash GSpeech