Joriy yilning 8-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlar missiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi agentlik markaziy apparati xodimlari hamda ESKATO ekspertlari – Richard Tonkin, Ayodele Marshall va Erik Diben ishtirok etishdi.
Yigʻilishda Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich ESKATO ekspertlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari doirasida oʻzaro fikr-mulohaza almashdi.
Taʻkidlash joizki, ushbu ushrashuv “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi milliy statistika idoralarining yangi, innovatsion va keng koʻlamdagi maʻlumotlar manbalaridan foydalanish salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir davomida loyiha doirasida mavjud statistik maʻlumotlar manbalarini takomillashtirish, narxlar statistikasi, maʻlumotlar infratuzilmasini yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatish jarayonlari haqida maʻlumotlar berildi.
Uchrashuvda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar hamda statistika sohalarida hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi