2023-yilning 8-noyabr kuni Navoiy viloyati boshqarmasida, Navoiy shahar jinoyat sudi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasida sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun jazo muqarrar” mavzusida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Unda, viloyat Statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali tuman (shahar) statistika bo‘lim boshliqlari qatnashdi.
Mazkur tadbirga Navoiy shahar jinoyat ishlari sudi sudyasi Mehriddin Kamolov taklif etildi.
🔹Muloqot davomida Mehriddin Kamolov soʻzga yuritib, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan davlat va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining mansabdor shaxslari davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobot va boshqa maʻlumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot maʻlumotlarini buzib koʻrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 215-moddasi 1 bandi bilan maʼmuriy javobgarlikga tortish xususida soʻz yuritdi.
Muloqot mobaynida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis batafsil javob berdi.