08/11/2023

Joriy yilning 8-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Navoiy innovatsiyalar universitetida davra suhbati tashkil etildi.

Unda viloyat Statistika boshqarmasi tarmoq bo‘lim boshliqlari, Navoiy innovatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

 

Tadbirda “Rasmiy statistika to‘g‘risida” va “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati hamda demografik koʻrsatkichlarning shakllanishi, migratsiya jarayonlari, tugʻilish koeffitsiyentlari, shuningdek, tarmoqlar kesimida oʻrtacha ish haqi, ishlovchilar soni boʻyicha koʻrsatkichlarning shakllanish tartiblari toʻgʻrisida talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

 

Muloqat davomida Navoiy viloyati  doimiy aholisi bo’yicha ma’lumotlar taqdim etilib,  2023- yil 1- oktabr holatiga ko’ra, viloyatimiz doimiy aholi soni 1 070,5 ming kishini tashkil etdi. Shundan shahar aholisi 525,3 ming kishi bo’lsa, qishloq aholisi 545,2 ming nafarni tashqil qilmoqda.

Aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishdan maqsad - Ishonchli axborot hukumatning turli darajadagi qisqa va uzoq muddatli dasturlarni belgilash, zarur prognozlarni samarali ishlab chiqish uchun aholini roʻyxatga olish ma’lumotlari kerak. Ma’muriy birlik hududida aholi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boshqaruv tizimini optimallashtirish, shuningdek, ijtimoiy sohani aniq va samarali foydalanishni ta’minlaydi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga Statistika boshqarmasi mutaxassislari atroflicha javob berdi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech