Joriy yilning 6-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 2023-yil III chorak yakunlari boʻyicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari qatnashdi.
Kun tartibiga binoan, viloyat Statistika boshqarmasi boshligʻi Tashnazarov Asqar Abdumuratovich yigʻilishni ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida statistika idoralari oldiga qoʻyilgan vazifalar va tizimda 2023-yil III choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida toʻxtalib oʻtdi.
Muloqat davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “2020–2025- yillarda Oʻzbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da Davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi boʻyicha maʻlumot berildi.
Shuningdek yigʻilish davomida boshqarma va hududiy statistika boʻlimi rahbarlaridan bugungi yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar, 2023-yil III-choragi davomida erishilgan yutuqlar o’qib eshitirilib, chorakda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib olishlarini hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish boʻyicha aniq chora tadbirlar koʻrishlari, statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar boʻyicha ijro holati, hisobotlar qamrovi ham kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha takidlab o’tildi.