Joriy yilning 2-noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari J. Umarov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.
Muloqat davomida Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlimi boshligʻi M. Baxronov soʻz yuritib, foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xoʻjalik qurilishlari tanlama statistika kuzatuvlarining asosiy maqsadi, kuzatuv instrumentariysi, tanlab olish tartibi va bosqichlari, soʻrovnomani toʻldirish va intervyuyerning majburiyatlari haqida axborot berib oʻtdi.
Shuningdek, kuzatuvning tayyorgarlik tadbirlarini sifatli amalga oshirish, yakka tartibdagi uyjoylarni aylanib chiqish, uy egalari bilan soʻrov oʻtkazish va kuzatuv soʻrovnomalarini toʻldirish, soʻrov oʻtkazishga, shuningdek, uy-joy va hovlidagi qurilishlar uchun foydalanilgan moddiy va mehnat resurslari haqidagi maʻlumotlarni soʻrovnomada toʻgʻri aks ettirilishi boʻyicha maslahatlar berish uchun Kadastr palatalarining hududiy organlari mutaxassislari jalb qilinishi toʻgʻrisida maʻlumotlar berildi.