Joriy yilning 1-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023-yilning 23–27-oktabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida Milliy tadqiqot universitetining Iqtisodiyot oliy maktabi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamgʼarmasi (YUNFPA) koʻmagida MDH davlatlarining davlat xizmatchilari va olimlari uchun “Aholi va rivojlanish” mavzusida malaka oshirish dasturi boʻyicha oʻtkazilgan seminar natijalariga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasining Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq toʻlash koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Aliya Tairova taqdimot qildi.
Taqdimot taqdimotchi tomonidan davomida demografik oʻtish, barqaror rivojlanish maqsadlari, oʻlim va aholi salomatligi muammolari, tugʻilish va oila shakllanishi tendentsiyalari, migratsiya va rivojlanish, demografik oʻzgarishlar va mehnat bozori, demografik qarish va faol keksayish, gender tengsizligi va rivojlanish mavzulari boʻyicha maʻlumotlar berildi.
Taqdimot yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi va mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.