Joriy yilning 30-oktabr kuni Statistika agentligida shu yilning 24–26-oktabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi turli hukumatlar, statistika idoralari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirokida ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni o‘lchash bo‘yicha o‘tkazilgan seminar natijalariga bog‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda xalqaro seminarda ishtirok etib qaytgan agentlikning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rahmatjon Urazbayev taqdimot qildi.
Taqdimotchi seminar davomida ko‘p qirrali kambag‘allik o‘lchovini aniqlash bo‘yicha o‘rgangan tajribasi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Alkire-Foster uslubiyotidan foydalangan holda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini aniqlash usullari haqida ham so‘z yuritdi.
Seminar yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.