2023-yilning yanvar-sentabr oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,6% (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 13,7 %), sanoatda – 105,8 % (69,8 %), qurilishda 106,2 % (3,7 %), xizmatlar sohasida – 103,4 % (12,8 %) ni tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 105,4 % (3,0 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 101,9 % (1,7 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 102,9 % (8,1 %) dan iborat bo‘ldi.