Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlarning inson resurslarini rivojlantirishga masʼul idoralar rahbarlarining II yigʻilishi tashkil etildi.
Tadbirda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar — Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasining inson resurslarini rivojlantirishga masʼul bo‘lgan idora rahbarlari, Oʻzbekistondagi vazirlik, idoralar, hokimliklarning kadrlar bilan ishlash boʻlinmalar boshliqlari hamda xorijiy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Inson resurslarini boshqarish boshqarmasi boshligʻi Talipova Zulhumor Normatovna ham qatnashdi.
Yigʻilish davomida kadrlar siyosati va davlat xizmatidagi zamonaviy trendlar, yangi gʻoyalar va yondashuvlar muhokama qilindi.
Shuningdek, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan samarali ishlash boʻyicha ilgʻor tajribalar taqdimoti namoyish etildi.
Ishtirokchilar isteʼdodli shaxslar, xususan, yoshlarni davlat xizmatiga keng jalb qilish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishdi.